Due to COVID-19, the ongoing health and containment emergency measures may cause service delays at logistic couriers and Xiaomi authorized service centers until further notice. Thank you for your understanding and support.×
Home > Support > warranty

warranty

XIAOMI KAFOLAT XABARNOMASI

USHBU KAFOLAT SIZGA MUAYYAN HUQUQLARNI TAQDIM ETADI VA SIZ HUDUDINGIZ, MAMLAKATINGIZ YOKI DAVLATINGIZ QONUNLARIDA KELTIRILGAN BOSHQA HUQUQLARGA EGA BO‘LISHINGIZ MUMKIN. BUNDAN TASHQARI, BIR QATOR HUDUDLAR, DAVLATLAR YOKI MAMLAKATLARDA ISTE’MOLCHI HUQUQI MINIMAL KAFOLAT MUDDATINI BELGILASHI MUMKIN. QONUNDA RUXSAT ETILGANIDAN BOSHQA HUQUQLARINGIZNI XIAOMI TAQIQLAMAYDI, CHEKLAMAYDI YOKI INKOR QILMAYDI. HUQUQLARINGIZNI TO‘LIQ TUSHUNISHINGIZ UCHUN MAMLAKATINGIZ, HUDUDINGIZ YOKI DAVLATINGIZ QONUNLARINI E’TIBORGA OLISHINGIZ TAVSIYA ETILADI. Ushbu shartnoma Kafolati dastlab ta’minlangani kabi faqat Xiaomi mahsulotining qurilma qismlariga (keyingi o‘rinlarda “Mahsulot”) tegishli va so‘nggi foydalanuvchining litsenziya shartnomasi yoki alohida kafolat majburiyatlari/kafolatdan tashqari holatlar taqdim etiladigan yoki foydalanishlari uchun mo‘ljallangan Xiaomi yoki uchinchi tomonlar egalik qiluvchi har qanday dasturiy ta’minot yoki boshqa qurilmaga taalluqli emas.

CHEKLANGAN MAHSULOT KAFOLATI

Xiaomi birinchi xaridorga sizning Xiaomi Mahsulotingiz kafolat muddati davomida me’yoriy foydalanilganda materiallar va tayyorlanish sifati nuqsonlardan xoli bo‘lishini kafolatlaydi. Amaldagi qonun orqali boshqa holat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, xarid sanasidan boshlab kafolat muddati asosiy qurilma uchun bir (1) yil, olinadigan batareya va quvvatlagich uchun olti (6) oy, olinmaydigan batareya uchun bir (1) yil, quloqchinlar uchun uch (3) oy davom etadi va bu muddatlar ta’minlanadi. Yuqorida keltirilgan shartlarga qaramay, Xiaomi amaldagi qonunda belgilangan minimal yuridik kafolat muddatini inkor qilmaydi, cheklamaydi yoki kechiktirmaydi. Xiaomi Mahsulotning ishlashi uzluksiz yoki xatosiz bo‘lishiga kafolat bermaydi.

ZARARNI QOPLASH

Kafolat muddati davomida qurilma nosozligi aniqlansa va Xiaomi tomonidan qabul qilinsa, Xiaomi Mahsulotni bepul (1) ta’mirlaydi, yangi yoki yangilangan ehtiyot qismlardan foydalanadi, Mahsulotni yangi yoki yangilangan mahsulot bilan (2) almashtiradi yoki yetkazib berish xarajatlaridan tashqari Mahsulotning qolgan xarajatini (3) qoplaydi.

Nosozlik holatida qonunda ruxsat etilgan maksimal darajada bu zararni qoplashda sizning yagona va alohida huquqingizdir. Mavjud qonun bilan taqiqlanmagan bo‘lsa, yetkazib berish va yuklash-tushirish ishlari uchun to‘lov summasi ushlab qolinadi. Almashtiriladigan har qanday qurilma mahsulotiga birlamchi kafolat muddatining qolgan qismi yoki o‘ttiz (30) kun kafolat beriladi, bu muddat ko‘proq yoki sizning sud amaliyotingizda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan istalgan qo‘shimcha vaqt muddatida bo‘lishi mumkin.

KAFOLAT XIZMATIDAN QANDAY FOYDALANILADI?

Amaldagi qonunlarga muvofiq, Xiaomi mijozdan xarid tafsilotlari dalilini va Mahsulotning IMEI kodiga ega kafolat talonini talab qilishi mumkin. Mahsulotda saqlangan har qanday ma’lumot, dasturiy ta’minot yoki boshqa materiallarni qaytarish sizning majburiyatingiz sanaladi. Shunday ma’lumotlar, dasturiy ta’minot yoki boshqa materiallar xizmat vaqtida yo‘qolgan yoki o‘zgargan holatlarda Xiaomi bunday zarar yoki yo‘qotish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi.

MUSTASNO HOLATLAR VA CHEKLOVLAR

Xiaomi tomonidan boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ushbu Cheklangan Kafolat “Xiaomi” yoki “Mi” savdo belgisi, savdo nomi yoki unga yopishtiriladigan logotip bilan identifikatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan Xiaomi tomonidan yoki unda ishlab chiqarilgan Mahsulotgagina tegishli. Cheklangan Kafolat quyidagi holatlarga taalluqli emas: (a) tabiiy ofatlar sabab bo‘lgan zarar, masalan, chaqmoq urishi, tornado oqimi, zilzila yoki boshqa tashqi sabablar; (b) ehtiyotsizlik; (c) tijoriy foydalanish; (d) Mahsulotning istalgan qismini o‘zgartirilishi; (e) Xiaomi’ga tegishli bo‘lmagan mahsulotlardan foydalanishdan ko‘rilgan zarar; (f) baxtsiz hodisa, noto‘g‘ri yoki o‘z manfaatlari uchun foydalanishdan ko‘rilgan zarar; (g) Xiaomi tomonidan tavsiflangan ruxsat etilgan yoki tegishlicha foydalanish holatlaridan yoki noto‘g‘ri kuchlanish va quvvat ta’minoti bilan Mahsulot ishlatilganda kelib chiqadigan zarar; (h) Xiaomi vakili bo‘lmagan boshqa bir shaxs tomonidan ko‘rsatilgan xizmatdan (shu jumladan yangilash va kengaytirish) yoki (i) Mahsulotdan foydalanishga tegishli ko‘rsatmalarga amal qilmaslikdan ko‘rilgan zarar. Dasturiy ta’minot va foydalanuvchi ma’lumotlarini yangilash va qayta o‘rnatish ushbu Cheklangan Kafolatga tegishli emas. Xiaomi savdo vositachisi, agenti yoki xodimi bo‘lmagan biron-bir kishi ushbu Cheklangan Kafolatga o‘zgartirish, kengaytirish yoki qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega emas. Biror bir shart noqonuniy yoki bajarib bo‘lmas deb hisoblansa, bu qolgan shartlarning qonuniyligi yoki davo kuchiga egaligiga ta’sir qilmaydi. Qonunlarda belgilangan taqiqlar yoki Xiaomi tomonidan vada qilingan holatlarni hisobga olgan holda, sotuvdan keyingi xizmatlar birinchi xarid qiluvchi davlat yoki hududga cheklanishi mumkin. Xiaomi tomonidan tegishlicha import qilinmagan va/yoki ishlab chiqarilmagan va/yoki Xiaomi yoki Xiaomi rasmiy sotuvchisidan xarid qilinmagan Mahsulotlar mazkur kafolatlarga kirmaydi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, siz mahsulotni sotgan norasmiy sotuvchining kafolatlaridan foydalanishingiz mumkin. Shundan kelib chiqib, Xiaomi sizga mahsulotni sotgan sotuvchiga murojaat qilishni taklif qiladi. Mazkur kafolatlar Gonkong va Tayvanda amal qilmaydi.

KO‘ZDA TUTILADIGAN KAFOLATLAR

Amaldagi qonun orqali taqiqlanganidan tashqari holatlarda, barcha ko‘zda tutiladigan kafolatlar (vazifasi bo‘yicha foydalanish uchun tovar holati va yaroqliligining ko‘zda tutilgan kafolatlari) ushbu cheklangan kafolatning davomiyligi bilan cheklanadi. Ayrim sud amaliyotlarida ko‘zda tutilgan kafolat davomiyligi vaqtida cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi, shuning uchun yuqoridagi cheklov sizga tegishli bo‘lmasligi mumkin.

ZARARLARNI CHEKLASH

Amaldagi qonun orqali taqiqlanganidan tashqari holatlarda, Xiaomi qo‘shimcha, bevosita, alohida yoki bilvosita zararlar, shu jumladan daromad, foyda yoki ma’lumotlarni yo‘qotish, aniq yoki ko‘zda tutilgan kafolat yoki shartlarning har qanday buzilishi natijasida yoki istalgan boshqa qonuniy nazariya ostida yuzaga keladigan zararlar, hattoki Xiaomi bunday zararlarning yuzaga kelishi haqida ogohlantirilgan bo‘lsa ham, javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Ayrim sud amaliyotlarida alohida, bevosita, qo‘shimcha yoki bilvosita zararlarning mustasno etilishiga yoki chekloviga yo‘l qo‘yilmaydi, shuning uchun yuqoridagi cheklov yoki mustasno holat sizga tegishli bo‘lmasligi mumkin.

Xiaomi rasmiy xizmat markazi


Davlat
Shahar Xizmat ko‘rsatish markazi/CP Manzil Ish soatlari Telefon raqami
O‘zbekiston Toshkent Xizmat ko‘rsatish markazi Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Zulfiyonimonim ko‘chasi, 24, daha. 13 Dushanba-Juma 09:00-19:00, Shanba - 11:00-17:00 99899 488-66-11